13-noyabr kuni 19- sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan axborot - kutubxona markazi, 19- sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Respublika madaniyat va m
Joriy yilning 13-noyabr kuni 19- sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan axborot - kutubxona markazi, 19- sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Respublika madaniyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Turfa ranglar ostida yurtim bayrogʻi" nomli rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari oʻzlarining rassomchilik mahoratlari bilan yurt bayrogʻini turli xil koʻrinishlarda aks ettirishdi. Tanlov yakunida ranglarni mutanosib bogʻlab eng chiroyli rasm chizgan oʻquvchilar hakamlar hayʼati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi. Tanlovda 15 nafar kitobxon ishtirok etdi.