Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati
AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi
Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do'konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg'alar) orqali, fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo'shimcha jamlashni amalga oshiradi.
Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo'shimcha fondlarida mavjud bo'lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so'roviga ko'ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi
“Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to'g'risida”gi yo'riknoma (Adliya vazirligi ro'yxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.
Axborot-kutubxona fondlarini jamlash, joylashtirish, saqlash, hamda foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat ko'rsatish;
axborot-kutubxona markazi fondlarini belgilangan tartibda joylashtirish, fondlarni
umumiy va fizik holatini nazorat qilish;
Qabul qilingan davlat standartlari va me'yorlarga muvofiq fondlardagi adabiyotlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish;
Axborot-kutubxona resurslarining uzoq vaqt saqlanishini ta'minlash maqsadida ularni muqovalashga berish, shikastlangan tashqi va ichki varaqlarini doimiy nazorat qilish va ta'mirlashga tayyorlash;
Uzoq vaqt saqlashga mo'ljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash va raqamlashtirish xizmatiga tasdiqlangan reja asosida berish;
Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, ma'lumot-
bibliografik apparati bo'lgan barcha ko'rinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi.
Xizmat AKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar bo'yicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi.
Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo'llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo'nalishi bo'yicha metodik yordam ko'rsatadi.