Axborot bibliografiya xizmati
Ma'lumot-bibliografik apparati (katalog, kartoteka, axborot ma'lumot bazalari (shu jumladan elektron MB)ni ma'lumotnoma va bibliografik nashrlar fondini shakllantiradi.
Hududda nashr etilgan milliy hujjatlarning, o'lkashunoslik, bibliografiya va me'yoriy huquqiy hujjatlar bo'yicha ma'lumotlar bazasini shakllantiradi.
O'lkashunoslik va huquqqa oid axborotlarning elektron ma'lumotlar bazasini to'ldirib boradi.
“Norma”, lex.uz ma'lumotlar bazasidan foydalanib foydalanuvchilarni me'yoriy huquqiy axborot bilan ta'minlaydi.
Bibliografik qo'llanmalar, muhim va unutilmas sanalar taqvimi (kalendar)ni, bibliografik ko'rsatkichlar, yangi adabiyotlar axborot byulletenlari hamda adabiyotlar ro'yxatini tuzadi, ularning sifati va samaradorligini oshirib boradi.
O'lka va uning mashhur shaxslariga bag'ishlangan qo'llanmalar tuzadi. Mazkur mavzularda yozma bibliografik sharh, eslatmalar, tasiya ro'yxatlari va boshqalarni tuzish bilan birga foydalanuvchilar o'rtasida targ'ibot ishlarini olib boradi.
Tumanning boshqa axborot-kutubxona muassalari bilan hamkorlikda bibliografik qo'llanmalar tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshiradi.
Foydalanuvchilar, ilmiy va ishlab chiqarish jamoalarining bibliografik axborotga bo'lgan
ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondiradi.
Tumandagi axborot-kutubxona muassasalarining bibliografik ishini o'rganadi va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.
Foydalanuvchilarning siyosiy, huquqiy bilim, huquqiy madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan adabiyotlarni targ'ib etadi.
Axborot-bibliografiya yo'nalishi bo'yicha seminarlar tashkil etadi.
“Axborot kunlari”, Mutaxassis kunlarini o'tkazadi, “Yangi adabiyotlar” axborot byulletenlari orqali foydalanuvchilarga yangi adabiyotlar to'g'risida axborot beradi.
Foydalanuvchilarga bibliografik bilimlarni targ'ib qiladi.
Yakka tartibda va guruhlarga bibliografik xizmat ko'rsatishni amalga oshiradi.