Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati
1.Elektron resurslardan foydalanish (keyingi matnlarda – xizmat deb yuritiladi) axborot-kutubxona markazi (keyingi o'rinlarda AKM)ning mustaqil tuzilmaviy bo'linmasi bo'lib, faoliyati barcha toifadagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishga yo'naltirilgan.
2. Xizmat ishi axborot-kutubxona va ma'lumot-axborot xizmat ko'rsatish jarayonlarining
o'zaro bog'liqligi asosida tuziladi.
3. Xizmat ishini direktor nazorat qiladi.
4. Xizmat O'zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida”gi Qonuniga,
axborot-kutubxona faoliyatiga oid me'yoriy hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining Qaror, Farmon, Farmoyishlariga, O'zbekiston Respublika Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining, Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot-kutubxona markazining buyruq va ko'rsatmalariga, AKM Nizomiga hamda mazkur Nizomga muvofiq faoliyatini olib boradi.
5. Xizmatga AKM direktori tomonidan tayinlangan xizmat rahbari rahbarlik qiladi.
II. Asosiy vazifalari
6. Foydalanuvchilar madaniy, bilim olishlariga bo'lgan ehtiyojini AKM o'quv zallarida axborot
xizmat ko'rsatish asosida qondiradi, umumta'lim jarayonini tashkil etadi, o'quv zallari va AKM
veb-saytida kitob-rasmli ko'rgazmalar (mavzuli, yangi nashrlar)ini tashkil etish orqali aholining jamiyat madaniy merosi bilan tanishtiradi.
7. Foydalanuvchilarga o'quv zallarida bosma, elektron, audiovizual axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tashkil qiladi va turli xizmat turlarini uyg'unlashtirgan holda foydalanuvchilarning talablariga javob beradi.
8. Milliy ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ'ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishni ta`minlash, ma`naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy o'sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
9. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishning yangi shakllarini joriy etadi,
innovatsion g'oyalar va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtiradi, ulardan foydalanishni
muvofiqlashtiradi, tashkiliy-metodik yordam ko'rsatadi.
10. Foydalanuvchilarga yangi komp`yuter texnologiyalari, elektron resurslar, elektron axborot
tashuvchilar orqali ishlashni ta'minlaydi;
elektron resurs fondini tuzadi, elektron kitoblar, entsiklopediyalar va boshqa resurslar
bilan boyitib boradi;