16-sonli umumtaʼlim maktabida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 16-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etdilar. Koʻrgazmada kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Koʻrgazma davomida kitobxonlarga kitob insonning eng yaqin doʻsti, kitobning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyos ekanligi haqida qisqacha gapirib oʻtdilar. Kitobxon yoshlar axborot-kutubxona markazimizga aʼzo boʻlishdi va oʻzlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Koʻrgazmada 40 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.