2-aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Kitob-ilm va hikmat manbai" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi
Jizzax viloyat Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7- sonli DMTTga tashrif buyurib, 2-aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Kitob-ilm va hikmat manbai" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi hamda davra suhbati oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Davra suhbati davomida jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Tadbirli ayol, Akamning ertaklari, Atlas kiygan kapalak, Ertaklar yaxshilikka yetaklar, Ur to`moq, Ertaklar avtobusi va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Tadbirda 25 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.