30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni
30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni Yangiobod tumanida keng nishonlandi Yangiobod tumanida 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Doʻst bilan obod uyimiz" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida do‘stlik, tinchlik va o‘zaro hurmat g‘oyalari targ‘ib qilindi. Tuman yoshlarining ishtirokida do‘stlik mavzusida she’rlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbirda Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Do‘stlik – eng ulug‘ ne’mat” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan suhbat olib borildi. Tadbirda faxriylarimiz tuman hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.