5-sonli umumtaʼlim maktabida kitoblar koʻrgazmasi
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 5-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etdilar. Koʻrgazmada kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Koʻrgazma davomida kitobxonlarga kitob insonning eng yaqin doʻsti, kitobning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyos ekanligi haqida qisqacha gapirib oʻtdilar. Kitobxon yoshlar axborot-kutubxona markazimizga aʼzo boʻlishdi va oʻzlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Koʻrgazmada 30 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.