6- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida turli millat yozuvchilari, shoirlari hamda olimlarning asarlari va tadqiqot ishlari ilmiy madaniy markazlar vakillari tomonidan nashr etilgan adabiyotlardan iborat “Yangi O’zbekist
2024-yil 14-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 6- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida turli millat yozuvchilari, shoirlari hamda olimlarning asarlari va tadqiqot ishlari ilmiy madaniy markazlar vakillari tomonidan nashr etilgan adabiyotlardan iborat “Yangi O’zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazma "Turkiy adabiyot durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumidan tashkil topgan boʻlib, kitobxonlarga bu turkumning nashr etilish gʻoyalari hamda ularda nashr etilgan yetti davlatning atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berildi. Koʻrgazmada 30 nafardan ziyod kitobxon ishtirok etdi.