"Aholiga koʻmak- oliy qadriyat" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 21-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda fuqarolarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida "Aholiga koʻmak- oliy qadriyat" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan davra suhbat tashkil etildi. Tadbirda 60 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdilar.