Amir Temur tavalludining 690 yilligi
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Bugun Yangiobod tumani Madaniyat markazida tuman hokimligi, Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A. Nishonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi B. Toshboyev hamda soha mutaxassislari so‘zga chiqib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy merosi, uning tariximizdagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbirda Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.