Asarlardan_parcha
#Asardan_parcha Uch og’ayni botirlar O’zbek xalq ertaklari Jahonning boshqa xalqlari kabi o’zbek xalqi ham o’z ertaklariga boy. O’zbek xalq ertaklarida millatimizga xos rahm-shavqat, zukkolik, mehmondo’stlik, rostgo’ylik,saxiylik kabi o’nlab fazilatlar ustivordir. Ertaklarimiz bolajonlarimizning pok ko’ngliga toza suvdek shildirab kiradi, ular ongini musiqa yanglig’ chulg’ab oladi. Shu jihatdan qaralganda o’zbek xalq ertaklarini ma’nolar xazinasiga o’xshatish mumkin. “Uch og’ayni botirlar” nomli ertaklar kitobi ushbu xazinadan olingan bir hovuch hikmat majmuidir. O’ylaymizki, bu kitob bolalarning doimiy hamrohiga aylanadi, ularni ezgulik sari yetaklashga xizmat qiladi.