Asarlardan_parcha
#Asardan_parcha Onore de Balzak . “Gorio ota “Gorio ota” romanidagi voqea Qayta tiklanish davrida bo‘lib o‘tadi. Burjuaziya dunyosining qonunlari shafqatsiz. Bu jamiyatda odamning qadri-qimmati qancha daromad keltirishiga qarab belgilanadi.Gorio ota kapitalist bo‘lganda hamma unga xushomad qilardi, davlat, boylik qo‘ldan ketib, u mayda burjua darajasiga tushib qolgach, hamma uni unutadi. Gorio azob-uqubatda о‘lib ketadi, hatto qizlari ham otalarining o‘limiga kelmaydi. Yozuvchi «Gorio ota» romanida oilaning barbod bo‘lishini, insonning eng ezgu his-tuyg‘ularining sekin-asta yemirilishini ko‘rsatadi.