Asarlardan_parcha
#Asardan_parcha Hamid Olimjon O’rik gullaganda „Oʻrik gullaganda“ – shoir Hamid Olimjon tomonidan yozilgan mashhur sheʼr. Sheʼr koʻplab taniqli oʻzbek xonandalari tomonidan ijro etilgan boʻlib, musiqa va soʻzlari bahor ramziga aylangan.1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon Oʻzbekiston SSRning hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozogʻistonga borgan. U yerda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, tadbir davomida „Qozogʻiston“ nomli mashhur sheʼrini yozgan va tadbir ishtirokchilariga oʻqib bergan. Hamid Olimjon Qozogʻistonda boʻlib turgan vaqtda, respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti – Olmaota shahri qalin qor ostida qolgan edi.