Asarlardan_parcha
#Asardan_parcha Xalq og’zaki ijodi “Ravshan” Ushbu kitob, yaʼni “Ravshan ” dostoni o‘zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. “Ravshan” dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1905-1972) tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan. “Ravshan” dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-eʼtiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan.