Asarlardan_parcha
Hurmatli kitobxonlar! E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz. Uilyam Shekspir Romeo va Julyetta: To’rt asrdan buyon muntazam o’qilayotgan, o’nlab tillarga tarjima qilingan Uilyam Shekspir asarlari yangi talqinda -ixchamlashtirilgan shaklda nashrga tayyorlandi. Bu kitobxonga nafaqat hajm jihatdan yengillik beradi, balki asrlar osha yetib kelgan adabiy merosga zamonaviy ruh va yangicha yondashuv bag’ishlaydi. Asosan maktab yoshidagi o’quvchilarga mo’ljallangan seryali kitoblarimiz orqali jahon adabiyotining nodir asarlarini hassos kitobxonlarimiz uchun maxsus tayyorladik. Mutolaa zavqi barchangizga hamroh bo’lsin.