"Asriy merosim atlasim-adrasim"
Joriy yilning 23-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tuman Politexnikumida 15-25-sentabr kunlari "Xon atlas" oʻn kunligi doirasida "Asriy merosim atlasim-adrasim" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʻzbek milliy kiyimi boʻlmish atlas va adras haqida maʼlumotlar taqdim etildi.