#Axborot_xavfsizligi
#Axborot_xavfsizligi Yangiobod tumani Axborot kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan oʻquvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, internet tarmogʻida kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda turli kiberxatarlardan muhofazalanish maqsadida targʻibot darsi oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tushunchalar berildi: Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi: Parollarni mustahkamlash va ularni uchinchi shaxslarga bermaslik. Begona havolalarga kirmaslik hamda shubhali xabarlarga javob bermaslik. Ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish. Mashgʻulot savol-javob va interaktiv shaklda tashkil etilib, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.