"Barkamol avlod bolalari" festivali
Joriy yilning 18-oktyabr kuni 19-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi qoshidagi Barkamol avlod bolalari maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali boʻlib oʻtdi. Ushbu festival doirasida oʻtkazilgan tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchi yoshlar homiylar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 200 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.