"Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida jajji kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 1-iyun kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-sonli DMTT ga tashrif buyurilib, 1-iyun Xalqaro bolalar himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida jajji kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida bolajonlarni 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab oʻtdilar. Axborot-kutubxona markazi hodimlari jajji kitobxonlarga ertak kitoblar o`qib eshittirdilar. Bundan tashqari jajji kitobxonlar oʻzlari yod olgan sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdilar. Tadbirda 28 nafar jajji kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.