“Bolaligim-podsholigim”
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tamonidan "Koʻzmunchoq" nomli ONMTTning jajji kitobxonlari bilan birgalikda 1-iyun Xalqaro bolalar himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolaligim-podsholigim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar o`qib eshitirdi hamda ushbu bolajonlarni ushbu bayram munosabati bilan tabriklab oʻtishdi. Bundan tashqari jajji kitobxonlar oʻzlari yod olgan sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdilar. Tadbirda 30 nafar jajji kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.