"Burch jasorat matonat" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 7-may kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi bilan birgalikda kitobxonlar klubi aʼzolari bilan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Burch jasorat matonat" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Davr suhbatida ikkinchi jahon urushi davrida yurtimiz ozodligi uchun kurashib oʻz jonidan vos kechgan faxriy yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishib, ularning yorqin xotiraga bagʻishlab oʻtkazilayotgan turli tadbirlar haqida suhbat oʻtkazildi.