"Buyuk ajdodlarimiz" nomli davra suhbati
Joriy yilning 21-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda kitobxonlar klubi aʼzolari bilan birgalikda Jadidchilik harakati nomayondalari hayot va ijodga bagʻishlab "Buyuk ajdodlarimiz" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida har bir xalqning tarixida buyuk ajdodlari borligi, ular o‘z ilmiy, madaniy yoki harbiy jasoratlari bilan kelajak avlodga o‘chmas meros qoldirganliklari, bizning ajdodlarimiz ham dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shganliklari, ularning jasorati, bilimi va mehnati tufayli bugungi kunda biz yurtimiz bilan faxrlanishimiz kerakligi haqida kitobxonlarga gapirib oʻtildi. Davra suhbatida 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.