"Buyuk davlat arbobi"
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda "Kitobxonlar klubi " a'zolari ishtirokida 6-noyabr kuni taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 108-yilligi munosabati bilan "Buyuk davlat arbobi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Sharof Rashidovning "Kashmir qo'shig'i" , " Qudratli to'lqin ", "Bo'rondan kuchli " va boshqa asarlari tanishtirilib o'qishga tavsiya etildi. Tadbirda 20 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.