"Buyuk davlat arbobi" shiori ostida davra suhbati
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 6-noyabr kuni taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 107-yilligi munosabati bilan "Buyuk davlat arbobi" shiori ostida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Sharof Rashidovning "Kashmir qo'shig'i" , " Qudratli to'lqin ", "Bo'rondan kuchli " va boshqa asarlari tanishtirilib o'qishga tavsiya etildi. Tadbirda 20 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.