"Buyuk maʼrifatparvar yozuvchi"
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida Yangiobod tuman politexnikumi bilan hamkorlikda Buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Buyuk maʼrifatparvar yozuvchi" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Behbudiyning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 32 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.