“Buyuk mutafakkir va davlat arbobi” nomli kitoblar koʻrgazmasi
Joriy yilning 7-fevral kuni Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludning 584 yilligiga bagʻishlab “Buyuk mutafakkir va davlat arbobi” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan davra suhbati tashkil etilib, kitobxonlarga Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Koʻrgazmada 12 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.