"Buyuk shoh va shoir” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-fevral kuni Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Buyuk shoh va shoir” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan davra suhbati tashkil etilib, kitobxonlarga Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Koʻrgazmada 10 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.