Davra suhbati
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 3-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlardan kitob koʻrgazmasi tashkil etdilar. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Davra suhbati davomida kitobxonlar oʻzlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Koʻrgazmada 50 ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.