Davra suhbati
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyirilib, Oʻzbekiston xalq shoiri, dramaturg Xurshid Davron tavalludiga bagʻishlab oʻquvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga yozuvchi Xurshid Davron hayoti va ijodi hamda yozgan sheʼrlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Davra suhbatida 22 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.