Davra suhbati
Joriy yilning 5-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazida Yangiobod tuman Politexnikumi oʻquvchilari bilan hamkorlikda buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Behbudiyning hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 10 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.