Davra suhbati
Joriy yilning 18-dekabr kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli DMTT ga tashrif buyurilib, jajji kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari jajji kitobxonlarga ertak kitoblar o`qib eshittirdilar. Davra suhbati davomida jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Zumrad va Qimmat, Hunarning xosiyati, Mukofotga kim munosib, Oltin tarvuz va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Tadbirda 25 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.