Dolzarb 90
Yangiobod tumanda Dolzarb 90 kun loyihasi davom etmoqda. Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda 12-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida “Kitob — umr yo‘llarini yorituvchi mayoq” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashish maqsadida o‘tkazildi. Davra suhbatida o‘quvchilar va pedagoglar faol ishtirok etib, kitob mutolaasining ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.