"DOLZARB 90 KUN
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 2-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Kitob - tafakkur qanoti" shiori ostida ekskursiya oʻtkazildi. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyos, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib borishi, kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanishi, kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi, fikrlashi bilan ajralib turishi haqida gapirib oʻtildi va kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutolaa qilish uchun oldilar.