"DOLZARB 90 KUN"
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "DOLZARB 90 KUN" loyihasi doirasida maktab va maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 1 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib 2-iyul - O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan o'quvchilar ishtirokida “Davlat gerbi - faxrim, g'ururim!” mavzusida davra suhbati tashkil etdilar.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad-o'quvchi-yoshlarga davlatimiz ramzlarining yaratilish tarixi, hamda mazmun-mohiyati va qadriyatini yetkazib berish, o'g'il-qizlarda Vatanga vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo'ldi.
Tadbir o'quvchilarga gerbimizdagi har bir ramz - Humo qushi, serquyosh osmonimiz, vodiylar, daryolar hamda paxta va bug'doy boshoqlarining ma'nolari tushuntirib berildi.
O'quvchilar davlat ramzlariga bo'lgan hurmat har bir shaxsning muqaddas burchi ekanligini yana bir bor his qildilar. Tadbirda 20 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.