"DOLZARB 90 KUN"
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobning inson hayotidagi o'rni va ahamiyatini targ'ib etish maqsadida Yangiobod tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Kitob – beminnat do'st" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida kitobning inson kamolotidagi o'rni, uning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, muntazam mutolaaning yoshlar ma'naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi roli haqida fikr almashildi. O'quvchilarga kitob mutolaa qilishning foydalari, badiiy adabiyotlarning tarbiyaviy ahamiyati hamda bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kitobning o'rni tushuntirildi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar o'zlari mutolaa qilgan asarlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida yoshlar o'rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish va kitob o'qishni doimiy odatga aylantirish bo'yicha tavsiyalar berildi. Tadbirda 25 nafardan ziyod o'quvchilar ishtirok etdilar.