"DOLZARB 90 KUN"
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda. Joriy yilning 17 -iyun kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot -kutubxona markazida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi doirasida "Yoshlar oyligi" munosabati bilan yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida eng ko'p kitob o'qigan o'quvchilar o'rtasida "Kitob orqali dunyoni kashf etamiz" shiori ostida tanlov o'tkazildi. Tanlovda yoshlar o'zlari o'qigan kitoblarini yetarlicha gapirib berishdi. Tadbir so'ngida ular o'rtasida eng ko' p kitob o'qigan yoshlarni saralab, taqdirlanishdi.