"DOLZARB 90 KUN"
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
🔰 Joriy yilning 23-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Maktab va maktabgacha taʼlim bo'limiga qarashli 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida " Bir haftada bir kitob" loyihasi tashkil etildi. O'quvchilar loyihaning qanday tashkil etilishi, tartib qoidalari bilan tanishdilar va bilimga chanqoq o'quvchilar loyihada qatnashish uchun o'z takliflarini bildirdilar. Loyihadan so'ng o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ko'rgazmada 25 dan ziyod o'quvchilar qatnashdilar.