"Dolzarb 90 kun"
Yangiobod tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi davom etmoqda. Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilar bilan birgalikda "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar mutolaasi boʻlib oʻtdi. Mazkur mutolaada yangi kelgan adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar oʻqib berildi va kitobxonlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani insonlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz