Dolzarb 90kun
Yangiobod tumanida Dolzarb 90kun loyihasi davom etmoqda .
Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mutolaa – muvaffaqiyatning kaliti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o'rtasida mutolaa ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o'zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari haqida fikr almashdilar, kitobxonlikning ahamiyati yuzasidan o'z mulohazalarini bildirdilar. Davra suhbati qizg'in savol-javoblar, fikr va mulohazalar almashinuvi ruhida o'tdi. Tadbir yakunida o'quvchilarga muntazam kitob mutolaa qilishlari uchun tavsiyalar berildi.