Dolzarb 90kun
Yangiobod tumanida Dolzarb 90kun loyihasi davom etmoqda .
Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangi adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va kitob mutolaasiga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.