Ekskursiya
Joriy yilning 13-oktabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qoʻllanmalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Yosh kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 15 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.