Ekskursiya
Joriy yilning 15-oktabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Yosh kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarini mutoalaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 10 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.