Ekskursiya
🔰 Joriy yilning 8-sentabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlar klubi" a'zolari bilan birgalikda ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qoʻllanmalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Bundan tashqari ekskursiya davomida yangi kelgan adabiyotlar bilan ham tanishtirib oʻtdilar. Kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar.