Ekskursiya
Joriy yilning 10-fevral kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida "Kitobim- oftobim" shiori ostida ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qoʻllanmalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Bundan tashqari ekskursiya davomida yangi kelgan adabiyotlar bilan ham tanishtirib oʻtdilar. Yosh kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 12 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.