ekskursiya tashkil etildi.
Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlarning kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishlari, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, yangi adabiyotlar, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitob mutolaasining inson ma’naviyati va bilimini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida suhbatlashdilar.
Bunday ekskursiyalar yoshlar va kitobxonlarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam kitob o‘qishga jalb etish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.