“Eng kitobxon mahalla”
Mamlakatimizda yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish, o‘z Vatani va xalqiga bo‘lgan muhabbat tuygʻusida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari, Balandchaqir MFY raisi hamda bir qator mutasaddi mutaxassislar ishtirokida yoshlarni boʼsh vaqtlarini hamda hayollarini turli xil egri gʻoyalardan himoya qilish maqsadi O‘zbekiston Respublikasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida “kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik- tanlovlarni yuqori saviyada o‘tkazish” vazifalar belgilab qoʻyilganligi va unga puxta tayyorgarlik koʻrib, yuqori marralarni zabt kerakligi haqida tushintirish ishlari olib borildi.