Ertak kitoblar namoyishi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Jizzax viloyat Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklari kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 10 nafar jajji kitobxonlar qatnashdi.