''Ertaklar olamiga sayohat ''
Jizzax viloyati Yangiobod tumani 7-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ''Ertaklar olamiga sayohat '' shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi. Bolajonlarga Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ'ibotda o'zbek xalq ertaklaridan Sehrli olmos uzuk, Laylaklar, Osmonning bolasi, Mening ertaklar kolleksiyam kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Targ'ibotda 25 nafar jajji kitobxonlar ishtirok etdilar