"Ertaklar olamiga sayohat " shiori ostida jajji kitobxonlarga kitoblar namoyishi
Joriy yilning 7-iyul kuni Yangiobod tumani Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 7-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Ertaklar olamiga sayohat " shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi. Bolajonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Aka-uka Grim ertaklari, Atlas kiygan kapalak, Ur to`moq, Saxiy va baxil, Ertaklar avtobusi va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 25 nafar jajji kitobxonlar ishtirok etdilar.